Pul masalasi
19 avgust
views1K

Uy sharoitida qilinadigan soch turmaklari

Qanday qilib o‘zingizga oson soch turmagini 5 daqiqada qilish mumkinligini bosqichma-bosqich fotosuratlar yordamida ko‘rib chiqing.
article-image

Foto: profile.ru

Yig‘ilgan soch turmagi

O‘zingiz qila olishingiz mumkin bo’lgan, o’rtacha uzunlikdagi sochlar uchun soch turmagini bir necha daqiqada qadamma qadam qilinishini ko’rib chiqamiz:

  • Sochlarni tarab, ularni ikki qismga ajratamiz.
  • Tepalik zonasini yaxshilab tarab, hajm hosil qilamiz.
  • Barchasini yig‘ib, rezinka bilan birlashtiramiz.
  • Birlashtirilgan qismidan hohlagan bir tomondan ingichka qismini ajratib olib, rezinkani yashirib asosiga o‘rab chiqamiz.
  • Uzunligi yetmaganida, uchini rezinka ostiga yashirib, ko‘rinmas yoki dekorativ tasma bilan mahkamlaymiz.

Ushbu turmagimizda qiyin narsa yo’q. Ayniqsa birlashgan qismini joylashuvida. Siz o’zingiz boshqarishingiz mumkin. Aynan rasmdagidek joyda qilish shart emas. O‘rtacha uzunlikdagi sochlar chiroyli va effektli boylam qilishga imkon beradi. Fantaziya qiling, halqalar, tasma va boshqa aksessuarlar bilan boyiting.

Foto: seminar-beauty.ruFoto: seminar-beauty.ru

Romantik soch turmagi 

Oddiy o‘rim bilan qiziqarli soch turmagi.

  • Sochlarni uch qismga ajratamiz.
  • Oddiy o‘rim qilib o‘ramiz.
  • Uchini qayirib, kichik rezinka bilan mahkamlaymiz.
  • O‘rimning uchini asosi ostiga bukib, birlashtiramiz.
  • Halqalarni biroz bo‘shatib, to‘zg‘igan ko‘rinish berish mumkin, bu soch turmagiga ozgina nafislik qo‘shadi.

Foto: thevoicemag.ruFoto: thevoicemag.ru

To‘lqinli sochlarda o‘rim

Bu oson soch turmagi o‘rtacha uzunlikdagi sochlarga nafislik qo‘shadi va ayniqsa to‘lqinli sochlarga mos keladi. Uni qilish uchun biroz harakat va 5 daqiqa vaqt kifoya. Bosqichma-bosqich jarayonni kuzating va o‘zingiz takrorlang.

  • O‘ng tomondan chakka sohasidan ikki tolali birinchi o‘rimni boshlaymiz.
  • Ikki bo’lakni qarama qarshi tomonga qarab harakatlantiring, atrofdan qo‘shishni unutmang.
  • Xuddi shunday chap tomondan ham qiling.
  • Olingan o‘rimlarnio’rtaga yig’ib, mahkamlaymiz. 

Turmagimiz tayyor. Juda oson, lekin juda nafis va yoqimli ko‘rinadi. Bunday turmak nafaqat o‘rtacha uzunlikdagi sochlar uchun, balki kare sochli qizlarga ham mos keladi. Soch turmaklari uy sharoitida qilinganida ham tejamkor, ham salonga borib kelishga ketadigan vaqt tejaladi.

Foto: linkisteel.ruFoto: linkisteel.ru

Hajmli tepaga qilinadigan tungi soch turmagi 

Ko‘rib chiqadigan turmagimiz juda tez va oson amalga oshiriladi. U peshonasida qisqa sochi yo’q qizlar uchun yaxshi.

  • Peshonadagi sochlarni tarab hajm hosil qilamiz.
  • Ularni orqaga tashlab, markaz va yon tomonlardan yig’ib, to’g’nog’ich bilan mahkamlaymiz.

Ikki oddiy qadamda hamda 5 daqiqada chiroyli turmak qilishingiz mumkin. Har qanday aksessuarlardan foydalaning: krablar, taroqlar, qisqich va boshqalar. Ommadan ajralib turing va fantaziya qiling.

Foto: photo-hair.ruFoto: photo-hair.ru

Uzun sochlar uchun "Bantik" soch turmagi

Hammaga ma’lum bo‘lgan "Bantik" turmagi o‘zining qiziqarli shakli bilan katta mashhurlikka erishgan.

  • Sochlarni tarab, peshona va ensa sohasida sochlarni yig’ib bog’lam hosil qilamiz.
  • Rezinkani taqamiz, oxirgi o’tkazishimizda to‘liq o‘tkazmasdan uchini qoldiramiz, rasmdagi bosqichma-bosqich ko‘rinishga qarang.
  • Qo‘l barmoqlari bilan bukilganqismini ikki qismga ajratib, yaproqlar hosil qilamiz.
  • Bo‘sh uchini bantikning markazidan o‘tkazamiz.

Foto: avon-c.ruFoto: avon-c.ru

Uchta bog’lamli soch turmagi 

Zamonaviy soch turmaklari orasida bunday uslubdagi turmak juda mashhur. Bu turmaklash usuli bir qarashda qiyin ko‘rinishi mumkin. Aslida, uni bajarish uchun 5 daqiqa kifoya va uchta ingichka rezinka kerak bo‘ladi:

  • Rasmdagi ko‘rinishga qarab uchta bog’lam hosil qilamiz.
  • Eng yuqori bog’lamni uning asosidan qaytarib o‘tkazamiz.
  • Ikkinchi bog’lamni burab, uchini o‘ng tomonga mahkamlaymiz.
  • Birinchi quyruqdan tolani ushbu buramaga o‘tkazamiz va yana ikkinchi asosga o‘tkazamiz.
  • Xuddi shunday uchinchi og’lam bilan ham qilamiz. Barcha uchta bog’lam ishlatilgach, barmoqlar bilan shaklini tuzatamiz va lak bilan sepamiz. Bu oson turmak o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, juda samarali ko‘rinadi.

Foto: seminar-beauty.ruFoto: seminar-beauty.ru

Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi