Pensiyalar va nafaqalar oshiriladi
2024-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekistonda milliy qonunchilikda bir qator muhim oʻzgarishlar kuchga kiradi. Asosiy yangiliklardan biri pensiyalar va nafaqalar 15%ga oshirilishi boʻladi: pensiya hisoblashning asosiy miqdori oyiga 428 000 soʻmni tashkil etadi, yoshga doir pensiyaning minimal miqdori oyiga 834 000 soʻm, nogironlik bo'yicha pensiyaning minimal miqdori esa 920 000 so'm bo'ladi.
Toshkent va Navoiy viloyatida yangi nogironlik tizimi joriy etiladi
Toshkent va Navoiy viloyatida nogironlikni belgilashning yangi tizimi joriy etilmoqda. Fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun hujjatlarni oilaviy shifokorlar orqali elektron shaklda topshirishlari mumkin boʻladi.
Ikki viloyatda bepul maktab avtobuslari – autsorsing asosida
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uzoq hududlardagi maktab oʻquvchilari uchun bepul avtobus xizmati koʻrsatish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Sport maktablari xodimlariga har oy 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi.
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima shikoyatlari – YIDXP orqali o’tkaziladi
Yoʻl harakati xavfsizligi sohasida fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun belgilangan jarimalar boʻyicha shikoyatlar yuborishlari mumkin boʻladi.
Sug‘urta sohasi raqamlashtiriladi
Sugʻurta sohasida esa barcha shartnomalar va sugʻurta polislari Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatga olinadi. Shuningdek, NAPP sugʻurta kompaniyalarining reytingini eʼlon qiladi.
Maktabda menejer sertifikatiga ega bo‘lganlar qo‘shimcha to‘lov oladi
Yanvar oyida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash va menejer elektron sertifikatlarini berish bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi. Endi rahbar xodimlarga sertifikat amal qiladigan davrda oylik maoshga har oy qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi:
maktab direktorlari uchun – 50%;
maktab direktorining o‘rinbosarlari uchun – 30%