Dazmolni uy sharoitida tozalashning 7 ta samarali usuli
Tuz, sirka, soda va boshqa vositalar qasmoqdan xalos bo'lishga va uskunaning asl ko'rinishiga qaytarishga yordam beradi.
Dazmolni tuz bilan tozalash
Ushbu usul kichik va yangi qasmoqlar bilan kurashadi. Qog'oz ustiga tuzni bir tekis qatlamda seping va dazmol tagligidagi qorayish yo'qolguncha issiq dazmolni tuz ustida yurgizing.
Dazmolni sham bilan tozalash
Parqfin(sham)ni paxtali matoga o'rang va dazmolning issiq tagligini aylana harakatlar bilan ishqalang. Uskunani biror tekis idish yoki gazeta qatlami ustida ushlab turing: bu jarayonda sham eriydi va parafin pastga oqadi.
Dazmolning ishchi yuzasi notekis yoki bug' teshiklari mavjud bo'lsa, shuni e'tiborga olish kerakki, parafin teshiklar yoki yoriqlarga kirib qolib, keyinchalik dazmollash paytida kiyimlarda iz qoldirishi mumkin.
Qasmoqdan xalos bo'lgandan keyin, dazmolda qolib ketgan kirlarni va eritilgan sham qoldiqlarini tozalab tashlang.
Dazmolni tish pastasi bilan tozalash
Issiq dazmol tagligiga oz miqdordagi tish pastasini surting. Yumshoq mato yoki shimgich yordamida yaxshilab taglikning hamma joyiga tarqating va 15-20 daqiqaga qoldiring. Pasta qoldiqlarini nam mato bilan artib oling.
Dazmolni vodorod peroksidi bilan tozalash
Ushbu mahsulot faqat yengil kuyindilarni yo'qotishga yordam beradi. Paxtali yostiqcha yoki mato bo'lagini 3% vodorod peroksidga botirib oling. Sovuq dazmolning yuzasidagi qoraygan joylarni astoydil va kuch bilan ishqalang.
Dazmolni oshxona sirkasi bilan tozalash
Paxtali yostiqchani sirkada namlab oling va sovuq dazmolning tagligini artib oling. Agar kuyindi kuchli bo'lsa, sirkaga 1:1 nisbatda ammiak qo'shish mumkin.
Agar bu usul yordam bermasa, matoni sirkaga botirib, uskunaning ishchi qismini shu mato bilan bir necha soatga yopib qo'ying. Bu vaqt ichida kuygan joylar yumshaydi. Uni shimgich yoki yumshoq cho'tka yordamida olib tashlang.
Dazmolni osh sodasi bilan tozalash
Bir stakan suvda bir necha osh qoshiq soda eritib, bu eritmada bir parcha matoni namlang va dazmolning sovuq yuzasini artib oling. Keyin dazmoldagi eritma qoldiqlarini nam shimgich yordamida tozalang.
Dazmolni lak o'chirish vositasi bilan tozalash
Agar polietilen materialning bir qismi dazmolning tagligiga yopishib qolsa, uni lak o'chirish vositasi yordamida olib tashlash mumkin. Tozalashda dazmolning plastik qismlariga tegmaslikka harakat qiling: suyuqlikdagi moddalar ularga zarar yetkazishi mumkin.
Qanday qilib dazmolda kuyundi hosil bo'lishining oldini olish mumkin?
Dazmolda kuyindi hosil bo'lishining oldini olish uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:
- Har bir mato turi uchun belgilangan harorat rejimiga rioya qiling;
- O'ta nozik, masalan, jundan tayyorlangan kiyim-kechaklarni nam doka ustidan dazmollang;
- Har bir dazmollashdan keyin dazmol tagligini yumshoq mato bilan artib qo'ying.