Investitsiya
29 avgust
views5K

Hamster tokenining listing sanasi nihoyat e’lon qilindi

article-image

Foto: yandex.ru

Avvalroq, Hamster dasturining ishlab chiquvchilari Xomyak listingi 2024-yilning o‘rtalarida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilishgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu listing 24-iyuldan 5-avgustgacha o‘tishi kutilayotgandi. Ammo, 28-avgust kuni Hamsterning rasmiy kanalida listing 26-sentyabrda bo‘lib o‘tishi haqida xabar e’lon qilindi.

Hamster Kombat listingi haqida post. Foto: t.me/hamster_kombatHamster Kombat listingi haqida post. Foto: t.me/hamster_kombat

Listingdan so‘ng Hamster tokenining narxi qancha bo‘lishi mumkin?

Tokenning yakuniy narxi loyiha jamoasi va birja tomonidan ko‘plab ko‘rsatkichlar, jumladan premarket natijalariga asoslanib belgilanadi. Listing yaqinlashgan sari, ya’ni token birjaga chiqishiga yaqinlashgan sari uning narxi premarketdagi narxga nisbatan pasayishi mumkin. 

Masalan, hozirda bir "Hamster" tokeni 1 sent turadi deylik. Savdolar boshlanganda, yuz minglab, agar millionlab bo‘lmasa, odamlar o‘zlari "topgan" Hamster tokenlarini haqiqiy pulga aylantirish uchun kriptobirjalarga kirib sotishni boshlashadi. Bu holat token narxining keskin tushishiga olib kelishi mumkin.

Hozirgi vaqtda HMSTR tokenlarining va umuman olganda, bu kriptovalyutaning narxini prognoz qilish qiyin. Ular talabga ega bo‘lishi yoki hech kimga kerak bo‘lmasligi mumkin. Bu, listingdan keyin odamlar bu tokenni sotib olishga tayyor bo‘ladimi yoki yo‘qmi, shunga bog‘liq.

Hamster Kombat va Notcoin o’yinlari qonuniymi?
Fikr qoldiring
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi